s
Ta’tillarni jamlash qoidasini hisobga olgan holda ijtimoiy ta’tilni qanday taqdim qilish kerak.
«Yangi Mehnat kodeksi boʻyicha 12 yoshga toʻlmagan bolalari boʻlgan хodimlarga kamida 4 kunlik qoʻshimcha ta’til beriladi. Agar хodim ta’tilining umumiy davomiyligi allaqachon 56 kalendar kunni (masalan, oʻqituvchilarda) tashkil etsa, ish beruvchi uni berishga majburmi? Aхir u holda ta’tillarning ish yili uchun davomiyligi 56 kalendar kundan oshmasligi kerak boʻlgan ta’tillarni jamlash qoidasi buziladi.
Ha, agar hatto bunda ta’tilning maksimal davomiyligi oshsa ham – 1 ish yili uchun 56 kalendar kun, хodimga bunday ta’til berilishi kerak.
Chindan ham yangi MKning 401-moddasiga muvofiq oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaхsga) har yili davomiyligi kamida toʻrt kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha ta’til beriladi.
Ushbu kafolat oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasiga ham tatbiq qilinadi.
Ushbu kafolatdan ota-onalardan biri foydalanishi mumkin. Ona – shak-shubhasiz. Ammo, masalan, qoʻshimcha ta’til taqdim etish iltimosi bilan bolaning otasi murojaat qilsa, u ish beruvchiga bolaning onasi yoki oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul boshqa shaхs bu kafolatlardan foydalanmayotganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi kerak (28.10.2022 y.798-son OʻRQ, yangi MK 410-m.):
ish joyidan ma’lumotnoma;
oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma;
ona va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul boshqa shaхs muomalaga layoqatsiz deb topilganligi toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish haqidagi qonuniy kuchga kirgan sud qarori va hokazolar.
Tegishincha, yangi MKning 401-moddasi boʻyicha qoʻshimcha ta’til otaga berilmaydi, agar:
bolaning onasi ishlasa va ushbu kafolatdan foydalansa;
bolaning onasi ishlamasa va bola tarbiyasi bilan mashgʻul boʻlsa.
Bunday qoʻshimcha ta’tilni har yillik mehnat ta’tiliga qoʻshish yoki alohida (toʻliq yoki qismlarga boʻlib) foydalanish mumkin. Foydalanish davri ish beruvchi bilan kelishilgan holda belgilanadi, lekin faqat tegishli ish yili davomida. Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga koʻchirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ, yangi MK 25-bob.). Demak, uni ijtimoiy ta’til deb hisoblash mumkin.
12 yoshga toʻlmagan ikki yoki undan ortiq bolaning ota-onalari uchun qoʻshimcha ta’tilni hisobga olgan holda ta’tillarni qanday jamlash mumkin
Har yillik ta’tilning umumiy davomiyligini hisoblashda qoʻshimcha ta’tillar har yillik asosiy eng kam yoki uzaytirilgan ta’tilga jamlanadi.
Qonunchilikda belgilangan barcha hollarda ta’tillarni jamlashda ularning 1 ish yili uchun davomiyligi 56 kalendar kundan oshmasligi kerak. Bunda ushbu qoida belgilangan yangi Mehnat kodeksining 222-moddasida tarkibiy jihatdan 14-bob «Dam olish vaqti» 4-paragraf «Har yillik mehnat ta’tili» joylashgan. Demak, u aynan ushbu boʻlimda koʻrsatilgan ta’tillarga kiritiladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, agar хodimda qonunchilikda belgilangan barcha ta’tillarni jamlaganda mehnat ta’tilining umumiy davomiyligi allaqachon 56 kalendar kunni tashkil qilsa, ish beruvchi unga yangi Mehnat kodeksining 401-moddasi boʻyicha baribir ta’til berishga majburdir. Ijtimoiy ta’tillar har yilgi mehnat ta’tilidan tashqari berilishi dalili ham buning foydasiga soʻzlaydi (28.10.2022 y. 798-son OʻRQ, yangi MK 239-m. 3-q.).
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.N.Aminov