s
USD: Rub: Eur:
2024-03-25 728

Bilasizmi

Haqorat qilganlik uchun qanday javobgarlik bor?

 

Haqorat qilganlik – shaxsning sha'ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma'muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

 

Xususan, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksda haqorat qilgan shaxsga nisbatan 6 mln 800 ming so'mdan 13 mln 600 ming so'mgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

 

Agar ushbu huquqbuzarlik 1 yil ichida takroran sodir etilsa, huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.

 

Jinoyat kodeksiga asosan haqorat qilgan shaxsga:

 

▫68 mln so'mgacha miqdorda jarima;

▫240 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

▫1 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi berilishi mumkin.

 

Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko'paytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikasiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali haqorat qilinsa, ushbu harakat to'g'ridan-to'g'ri jinoyat hisoblanadi va aybdor:

 

▫68 mln so'mdan 136 mln so'mgacha jarima;

▫240 soatdan 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

▫1 yildan 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.

 

Agarda haqorat qilish:

 

➖jabrlanuvchini o'z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog'liq holda;

➖xavfli residivist tomonidan;

➖tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo'lsa:

 

▫136 mln so'mdan 204 mln so'mgacha miqdorda jarima;

▫2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

▫1 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

 

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид