s
USD: Rub: Eur:
2023-10-26 817

«DINIY BAGʻRIKENGLIK» KOʻKRAK NISHONI TA’SIS ETILDI

Vazirlar Mahkamasining 25.09.2023 yildagi 495-sonli qarori bilan «Diniy bagʻrikenglik» koʻkrak nishoni ta’sis etildi.

 

Koʻkrak nishoni bilan diniy-ma’rifiy sohaning samaradorligini oshirishga munosib hissa qoʻshgan davlat va jamoat tashkilotlari хodimlari ragʻbatlantirish maqsadida mukofotlanadilar. 

Mazkur nishon bilan Oʻzbekiston fuqarosi boʻlmagan shaхslar ham taqdirlanishi mumkin.

Vazirlik va idoralar mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, diniy-ma’rifiy, ijtimoiy-ma’naviy sohadagi tashkilotlar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiga har yili 1 oktyabrga qadar taqdim etadi.

Oʻzbekiston Din ishlari boʻyicha qoʻmitasiga har yili 16 noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni arafasida koʻkrak nishon bilan taqdirlashni tantanali tarzda oʻtkazish vazifasi topshirildi.

Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga BHMning toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti R.G`ulomov

Мавзуга оид