s
USD: Rub: Eur:
2023-11-24 133

Nutqida, eshitish va koʻrishida ogʻir nuqsonlari bor bolalar uchun bogʻcha puli toʻlanmaydi.

Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bogʻchalarda ota-onalar toʻlovi undirilmaydi:

 

  1. Eshitishdagi ogʻir nuqsonlar (II — IV darajali neyrosensor eshitish pastligi va karlik);

 

  1. Koʻrishdagi ogʻir nuqsonlar (koʻzi ojizlik (amovroz); tugʻma nuqsonlar (mikroftalm, mikrokornea, anoftalm, toʻr pardaning rivojlanishidagi tugʻma nuqsonlar; koʻrish nervining atrofiyasi, koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi, albinizm, aniridiya, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha); katarakta (markaziy zonada toʻliq yoki qisman xiralashish, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), afakiya (koʻz gavxari yoʻqligi, koʻrish oʻtkirligi 0,4 gacha), koʻz gavxari siljishi (joy oʻzgarishi); glaukoma (tugʻma, ikkilamchi); toʻr pardaning koʻchishi);

 

  1. Tayanch-harakat apparati buzilishi (III va IV darajali skolioz; koʻkrak qafasining III va IV darajali girdobsimon yoki kilsimon deformatsiyasi; artrogripoz; bolalar serebral falaji va boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; osteomiyelit asoratlari; toʻgʻma maymoqliq (jarrohlik muolajasidan keyingi holat); ortopedik sistem kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya); toʻgʻma son suyak chiqishi (operativ davolashdan keyigi holat);

 

  1. Psixik rivojlanishdagi nuqsonlar (psixik rivojlanishda kechikish, psixik-nutqiy rivojlanishda kechikish, bolalar autizmi);

 

  1. Aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (yengil va oʻrta darajadagi aqliy zaiflik);

 

  1. Murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi).

 

 

Yangibozor tumani adliya bo’limi yuridik xizmat

ko’rsatish markazi boshlig’I                                                             N.Nurjonov

 

Мавзуга оид