s
USD: Rub: Eur:
2023-11-16 435

Qanday muassasalar qurolga egalik qilish ruxsatnomasi uchun tibbiy xulosa beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan Davlat sogʻliqni saqlash organlarining qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar  mavjud emasligi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazishni amalga oshirishga ruxsat berilgan tibbiyot muassasalari roʻyxati, tibbiy tekshiruvni oʻtkazganlik uchun tarifning miqdori va tibbiy tekshiruv natijalariga doir xulosaning shakli tasdiqlandi.

“Qurol toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston fuqarolari va maxsus xizmat vazifalariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning xodimlari ichki ishlar organlarining yoʻllanmalari boʻyicha quyidagi tartibda davlat sogʻliqni saqlash organlarining tibbiyot muassasalarida qurolga egalik qilishga qarshi koʻrsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvlardan oʻtishi kerak.

Tibbiy tekshiruv kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar mavjud emasligini aniqlash maqsadida pulli asosda oʻtkaziladi.

 

Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi bosh yuriskonsulti B.R.Yusupov

Мавзуга оид