s
Qarorga ko‘ra, 2025 yil paxta hosilini nobud qilmasdan, o‘z vaqtida terib olishni ta’minlash maqsadida fermer xo‘jaliklariga ular tomonidan qayta ishlovchi korxonalarga, shu jumladan, klasterlarga birja savdolari orqali sotilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi.
Klasterlar va tarmoq korxonalari o‘z mablag‘i hisobidan paxta yetishtirsa yoki xarid qilsa, xomashyo qiymatining 10 foizi qoplab beriladi.
2025 yil 1 sentyabrdan 3 yil muddatga:
Mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xodimlari soni 200 dan ortiq bo‘lgan paxta-to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari tomonidan tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan shartlarda Davlat byudjetidan subsidiya ajratiladi.
Xivashaharyuridikxizmatko‘rsatishmarkazi