s
Aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan aliment majburiyatlari taraflardan birining o‘limi, mazkur kelishuv muddatining o‘tishi yoki unda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra tugaydi. Sud tartibida undiriladigan aliment to‘lash: bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lganda; foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda; sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj bo‘lmay qolgan deb topganda; mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda; aliment oluvchi yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs vafot etganda tugatiladi.
Hazorasp tuman adliya boʻlimi boshlig‘i Y.Baltayev