s
USD: Rub: Eur:
2023-12-20 626

Bilasizmi

Kimlar tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi bolimi boshligi (mudir) lavozimida ishlashi mumkin?

 

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2023-yil 16-avgustdagi 247-son buyrug‘i 3-ilovasi bilan tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari tasdiqlangan.

 

Unga ko‘ra tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i (mudir) lavozimida ishlash uchun mutaxassislik talab qilinmaydi. Yaʼni, ushbu lavozimda ishlash istagida bo‘lgan shaxs pedagogika sohasi vakili bo‘lishi shart emas. Ammo oliy pedagogika maʼlumotga egalik afzallik beradi.

 

Shuningdek, nomzod kamida 5 yil shundan, kamida 2 yil davlat boshqaruvi organlari, taʼlim sohasi yoki maktabgacha va maktab taʼlimi boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimida ishlagan bo‘lishi talab etiladi.

 

Qo‘shimcha talablar:

 

O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya to‘g‘risida”gi, “Taʼlim to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlardan to‘liq xabardor bo‘lishi;

 

Davlat tilini bilish (rus, ingliz va boshqa chet tillarini bilish afzallik hisoblanadi);

 

Kompyuter savodxonligi;

 

Soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan xabardor bo‘lishi, doimiy ravishda malakasini oshirgan bo‘lishi talab etiladi.

 

Xiva tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi

bosh yuriskonsulti. A.Abdusheripov

 

 

 

Мавзуга оид