s
USD: Rub: Eur:
2024-06-26 478

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 121-moddasiga asosan o‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qarori bilan Davlat (aksionerlik) korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan qarindosh-urug‘larning, agar ularning xizmatlari ulardan birining boshqasiga bevosita bo‘ysunishi yoki nazorati ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin bo‘lgan xodimlarining quyidagicha RO‘YXATI  tasdiqlangan.

  1. Xorijdagi diplomatik xizmat xodimlari.
  2. Davlat qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari, shuningdek, qishloq joylardagi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlovchi qishloq xo‘jaligi mutaxassislari.
  3. Temir yo‘l transportining liniya korxonalari xodimlari, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasining yo‘l, qurilish-montaj va temir yo‘llarning ixtisoslashtirilgan trestlarining qurilish-montaj va ko‘priksozlik poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalari va boshqa harakatlanuvchi tuzilmalarning xodimlari, bu korxona va tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
  4. Aloqadan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari.
  5. Sog‘liqni saqlash davolash-profilaktika va sanitariya-profilaktika muassasalarining shifokorlari.
  6. Barcha o‘quv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, o‘qituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar.
  7. Teatrlar, badiiy jamoalar va studiyalarning artistlari, rassomlari va musiqachilari.
  8. Arxivlar xodimlari, bu muassasalarning bosh buxgalterlari, buxgalterlari va kassirlaridan tashqari, ilmiy muassasalar xodimlari, shuningdek, seysmik stansiyalar xodimlari.
  9. Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tarmoq tashkilotlarining xodimlari.
  10. Dala geologiya ekspeditsiyalari, partiyalari, otryadlari va uchastkalari xodimlari.
  11. Qishloq joylarda ishlaydigan o‘rmon va suv xo‘jaligi mutaxassislari, xalq ta’limi xodimlari, tibbiyot xodimlari, madaniy-ma’rifiy muassasalar xodimlari.
  12. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yo‘l tashkilotlarining xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
  13. Qurilish-montaj va ko‘priksozlik qurish poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa ko‘chma maxsus qurilish tuzilmalarining xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
  14. Daryo floti kemalarining suzuvchi tarkibi xodimlari va daryo transportidan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
  15. Magistral truboprovodlar qurilishi hamda neft va gaz konlarini tartibga keltirishni amalga oshiruvchi qurilish, qurilish-montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan boshqarma va uchastkalarning xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.
  16. Havza va ko‘llardagi baliqchilik xo‘jaliklari, baliqchilik zavodlari, baliqlarga uvuldiriq sochish va ularni o‘stirish xo‘jaliklari va baliqlarni oziqlantiradigan joylarning xodimlari, bu korxonalarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.

 

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 

Мавзуга оид