s
USD: Rub: Eur:
2023-10-31 794

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va uning tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

 

M A ‘L U M O T N O M A

Hisobot davrida boshqarmaga 5 603 ta xat va hujjatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 2 996 tasi ijrosi ta’minlandi.

Sohaga doir 20 ta nazorat reja, chora-tadbirlar rejasi hamda yo‘l xaritalar ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan.

Norma ijodkorligi va yuridik xizmat faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida.

Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan 2023-yilning
9 oyi  davomida qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan 233 ta takliflar ishlab chiqildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jami 58 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan, ulardan 44 tasiga ijobiy xulosa berilgan, qolgan 14 tasi belgilangan tartibga amal qilinmaganligi sababli qaytarildi.

Huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan 44 ta qaror loyihasidan 11 tasi viloyat, tuman (shahar) hokimlarining, 33 tasi Xalq deputatalari viloyat, tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari loyihasi hisoblanadi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari sohasida.

Adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan o‘tkazilgan
213 ta o‘rganish va nazorat tadbirlari davomida 56 ming 998 tadan ortiq qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

Qonunbuzulishlar yuzasidan kiritilgan tasir choralar sohasida.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralar tomonidan tegishli mansabdor shaxslar nomiga 891ta taqdimnoma kiritildi.

Shuningdek, hisobot davrida 1388 ta ogohnomalar kiritilib, 304 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, shundan 12 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilib, tegishli mansabdan shaxslarning 7610 ta noqonuniy qarorlar bekor qilinishi yoki ijrosi to‘xtatilishi ta’minlandi.

Hisobot davrida kiritilgan ta’sir choralari natijasida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga 35 mlrd 389 mln 761 ming so‘m miqdorida pul mablag‘lari undirib berildi.

Ushbu ko‘rsatkich (2022-yilning mos davrida 14 mlrd 599 mln 946 so‘mni tashkil etib) o‘tgan yilning shu davrga nisbatan 2,4 baravarga oshdi.

Sudlarga da’vo arizalari kiritish sohasida.

Tadbirkorlik sub’ektlari va fuqarolar manfaatini ko‘zlab, ularning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash, moddiy va ma’naviy zararlarni undirish to‘g‘risida sudlarga jami 21 mlrd 116 mln 865 ming so‘mlik 979 ta da’vo arizalari kiritilgan bo‘lib, shundan 20 mlrd 735 mln 554 ming so‘mlik 930 ta da’vo arizalari qanoatlantirildi.

Da’vo arizalar bo‘yicha qanoatlantirilgan ko‘rsatkich (2022-yilning mos davriga nisbatan 14 mlrd 147 mln 844 ming so‘m tashkil etib) 1,4 baravarga oshgan.

Aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha sudlarga va boshqa vakolatli organlarga kiritilgan 613 ta ma’muriy bayonnomalar va takliflar asosida 597 nafar shaxslarning ma’muriy javobgarlik masalasi hal etildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqilishi sohasida.

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi idoralarga joriy yilning o‘tgan davrida          davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 716 ta murojaatlari kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarning 3045 tasi (82 %) hal etilib, shundan 1671 tasi (kelib tushgan murojaatlarga nisbatan) (45%) qanoatlantirilgan,  1374  tasi (37 %) huquqiy tushuntirish berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:

Xorazm viloyat adliya boshqarmasiga 2023-yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual va xalq qabulxonalari orqali jami 741 ta murojaatlar kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 560 tasi (75 %) xal etildi, 158 tasi (21 %) tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun boshqa tashkilotlarga yuborildi,  6 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan, 17 tasi (2 %) hozirgi vaqtda ko‘rib chiqilmoqda.

Hal etilgan murojaatlarning 319 tasi (43 %) qanoatlantirildi, 241 tasiga
(32 %)
huquqiy tushuntirish berildi.

O‘tkazilgan huquqiy targ‘ibotlar sohasida.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlash bo‘yicha bir qator huquqiy targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

2023-yilning 9 oyi davomida adliya organlari tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, maqsadida yangi qabul qilingan qonun hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishga qaratilgan 14 ming
178 tadan
ortiq huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.

Shundan, 2174 marotaba OAVda, shu jumladan 392 marotaba televideniya, 1256 marotaba radioda, 526 marotba gazeta va jurnallarda 2740 marotaba
veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda chiqishlar qilindi, joylarda 7721 marotaba seminarlar, ma’ruzalar, davra suhbatlari o‘tkazildi, 1543 ta ko‘rgazmali huquqiy targ‘ibotlar ishlab chiqilgan.

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 621 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

 

Rasulbek Ibragimov

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

Bosh maslahatchisi



Мавзуга оид