s
"Pedagogning maqomi toʻgʻrisida" gi qonunning 7-moddasida pedagogning majburiyatlari belgilangan. Ushbu moddaga ko'ra:
Pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishda:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini o‘quv dasturlari va davlat ta’lim standartlariga muvofiq sifatli o‘tkazishi;
o‘quv mashg‘ulotlari davomida ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oshirish uchun zarur choralar ko‘rishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi va ularni kamsitmasligi;
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga va pedagogik etika qoidalariga rioya etishi shart.
Xulosa: Bundan kelib chiqadiki, pedagog xodimlar o'zi dars berayotgan fan doirasida talab darajasida va sifatli tarzda dars mashg'ulotini olib borishi lozim, ammo, maktab o'quvchisi sodir etgan huquqbuzarligi uchun tungi vaqtda ichki ishlar bo'limlariga chaqirilishi mumkin emas.
Voyaga yetmagan shaxs sodir etgan huquqbuzarligi uchun ichki ishlar bo'limlariga ota-ona yoki ularni o'rnini bosuvchi shaxslar chaqirtiriladi.
Xiva tumani Adliya bo'limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D. Masharipov