s
USD: Rub: Eur:
2025-03-11 841

Kо‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari rо‘yxati davlat rо‘yxatidan о‘tkazildi

 

Adliya vazirligi tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan, tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda kо‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari rо‘yxati davlat rо‘yxatidan о‘tkazildi.

          Ushbu Rо‘yxatda oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar, kо‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, tuman (shahar)lar markaziy shifoxonalarida (jumladan, tug‘uruq majmualari) (tibbiyot muassasalari) kо‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari belgilandi.

            Ta’kidlash lozimki, ushbu hujjat qabul qilinishi natijasida fuqarolar Rо‘yxatda nazarda tutilgan tibbiy yordamlarni davlat hisobidan olishga, bu esa Konstitusiyada belgilangan shaxslarning ijtimoiy huquqidan amalda foydalanishga olib keladi.

          Xususan, Rо‘yxatda:

 ➖tibbiyot muassasalarida kо‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari (masalan, “Haj” va “Umra” tadbirlariga boradigan shaxslarni ruhiy-asab, narkologiya, teri-tanosil, sil kasalliklari va boshqa kasalliklarni aniqlash yuzasidan tibbiy kо‘rikdan о‘tkazish, shuningdek emlash, hayotga xavf soladigan holatlarda (asfiksiya, yurak tо‘xtashi, anafilaktik shok va boshqalar) tibbiy yordam kо‘rsatish, profilaktik kо‘riklar va skrining tekshiruvlari);

 ➖tibbiyot muassasalarida kо‘rsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlariga kiritilgan tashxislar (masalan, yurakning gipertenziv kasalligi, yurak surunkali ishemik kasalligi, oshqozon yara kasalligi, о‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, jigar sirrozi);

 ➖dori vositalari va tibbiy buyumlar (masalan, analeptiklar, balg‘am kо‘chiruvchi vositalar, antidepressantlar, tibbiy bintlar, tibbiyot pipetkalari, qо‘lqoplar) nazarda tutilgan.

            Ma’lumot uchun: О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 48-moddasida har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi va О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli ekanligi belgilangan.

Yangairiq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsul’ti  R.Aminov

Мавзуга оид