s
USD: Rub: Eur:
2024-06-29 584

Qurilish tashkilotlari tomonidan yerto‘lalarni fuqarolarga rasmiylashtirilib berishi qonuniymi?

Yerto‘la — ko‘p kvartirali uydagi joy mulkdorlariga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan yashash uchun mo‘ljallanmagan joy;

 

Ya’ni yerto‘lalar bir shaxsning yoki bir fuqaroning yagona mulki bo‘lishi mumkin emas, chunki yerto‘lalarni ko‘p qavatli uyda yashovchilarning umumiy mulki ekanligi to‘g‘risidagi normalar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktyabrdagi 648-son qarori bilan tasdiqlangan "Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda aniq ravshan belgilab qo‘yilgan.

Yerto‘lalar shunchaki hokim qarori yoki qurilish tashkiloti tomonidan sotish evaziga mulkdorlarga berilmaydi. Yerto‘ladan foydalanish ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining roziligiga asosan amalga oshiriladi.

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti      G’.Davlatboyev

Мавзуга оид