s
Mehnat kodeksining 408-moddasi to‘rtinchi qismida “homilador ayol bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ayolning ushbu Kodeks 404-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan davr uchun homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish huquqi saqlanib qoladi” deyilgan.Bir qarashda ko‘z ilg‘amaydigan, lekin ma’no jihatidan uncha-muncha mutaxassislarni o‘yga toldirib qo‘yadigan qoidalardan biri bu.
Demak, MK 408-moddasida ko‘rsatilgan yuqoridagi imtiyoz homilador ayollarni MK 161-modda ikkinchi qism 2-5-bandlaridan tashqari boshqa istalgan asosga ko‘ra ishdan bo‘shatish holatlariga tegishli. Masalan, homilador ayol xatto xodim (o‘z) tashabbusiga (MK 160-moddasi) yoki taraflarning kelishuviga (MK 157-moddasi) ko‘ra ishdan bo‘shatiladigan bo‘lsa ham, u bu ishxonadan homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olishga haqli bo‘lyapti. E’tibor bering, bundan tashqari yana 20 dan ortiq ishdan bo‘shatish asoslari bor Kodeksda.
3.Gap shundaki, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida beriladi. Bu hujjatsiz homilador ayol ishxonadan nafaqa ololmaydi. Adliya vazirligidan 2015 yil 17 aprelda 2667-son bilan ro‘yhatga olingan Yo‘riqnomaning 27-bandiga asosan esa homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik varaqa (MLV)homiladorlikning 30-xaftasidan boshlab beriladi. YA’ni, homilador ayol homiladorlikning 2 oyligida (8 xaftaligida) ishdan bo‘shagan vaqtda unda haqiqatdan ham homiladorlik va tug‘ish nafaqasi olish huquqi bo‘lmaydi. CHunki bu vaqtda unga MLV berilmaydi. Demak, nafaqa olish huquqi yuzaga kelmagan vaqtda ishdan bo‘shagan homiladorga ishdan bo‘shash vaqtida nafaqa to‘lash imkonsiz. Keyingi holat. Homilador ayol homilaning 2 oyligida ishdan bo‘shab, oradan 5 oy o‘tib, o‘sha 30-xaftada ish beruvchiga murojaat qilsachi, bunda nima bo‘ladi degan savol tug‘iladi.
Bizningcha, bunday holatlarda homilador ayol bilan mehnat munosabatlari 5 oy avval to‘xtatilganini e’tiborga olish to‘g‘ri bo‘ladi. Ya’ni, 1136-sonli “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 3-bandidagi “umumiy qoidaga ko‘ra xodimga nafaqa, agar uni olish huquqi ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan davrda (sinov davri hamda ishdan bo‘shatilgan kunni ham qo‘shib) paydo bo‘lsa beriladi” degan qoida qo‘llaniladi va homilador ayolga rad javobi beriladi.
Shovot tumani Аdliya boʻlimi YXKM
bosh yuriskonsulti I.Rahimberganov