s
USD: Rub: Eur:
2024-06-28 595

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Qonun (O'RQ-928-son, 30.05.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirishlar kiritildi

 Unga ko'ra, “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risida”gi Qonunga dori moddalarini (substansiyalarni) davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibining bekor qilinishini nazarda tutuvchi o'zgartirish kiritildi.

 Shu bilan birga “Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida”gi hamda “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risida”gi qonunlarga dori vositalarini resept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini tasdiqlash vakolati Sog'liqni saqlash vazirligi zimmasiga yuklandi.

 Shuningdek retseptsiz yoki shifokor retsepti bo'yicha beriladigan dori vositalari to'g'risidagi axborotni ularning tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomalarda hamda Tibbiyot amaliyotida qo'llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida ko'rsatish talabi joriy etildi.

 Bundan tashqari import o'rnini bosuvchi kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to'g'risida”gi Qonunga yuridik shaxslarga IV ro'yxat doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim prekursorlarni tegishli litsenziyalarga asosan ishlab chiqarish va tayyorlash huquqi berildi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид