s
USD: Rub: Eur:
2024-12-26 828

Dori vositalari mamlakatga qay tartibda olib kiriladi?

О‘zbekiston Respublikasida dori vositalari va boshqa farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni xorijdan olib kirish (import) va xorijga chiqarish, respublika hududida muomalaga kiritish va ulardan foydalanish masalalari  «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash tо‘g‘risida»gi, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati tо‘g‘risida»gi qonunlar, «Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi Prezident farmoni, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat rо‘yxatidan о‘tkazish hamda rо‘yxatdan о‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi tо‘g‘risida»gi Nizom bilan tartibga solinadi.

Mamlakatda ishlab chiqarilgan va xorijdan olib kirilgan dori vositalari majburiy tarzda davlat rо‘yxatidan о‘tkazilishi shart. Aks holda dori vositalarini muomalaga chiqarish taqiqlanadi va  javobgarlikka sabab bо‘ladi.

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

Мавзуга оид