s
USD: Rub: Eur:
2024-12-14 431

Ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egasiz

Ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga egasiz

 

Хar kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

 

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hisobga olingan holda belgilanadi.

 

Homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish va ularning ish haqini kamaytirish taqiqlanadi.

 

 (https://lex.uz/docs/6445145#6445578)◽️Shuningdek, Mehnat kodeksida (https://lex.uz/docs/6257288) har bir shaxsning mehnat qilish huquqi kafolatlari batafsil tartibga solingan

 

 

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti  R.N.Aminov

 

Мавзуга оид