s
USD: Rub: Eur:
2024-12-27 456

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda olish mumkinmi?

Bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda olish mumkinmi? Ishlaydigan onalarga bola ikki yoshga etgunga qadar uni parvarish qilganligi uchun har oylik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Mehnat va Moliya vazirining qarori (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 14-martda 1113 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) bilan tasdiqlangan Nizom ishlovchi onalarga bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha oylik nafaqa tug‘ilgan, farzandlikka,vasiylikka olingan bolani 2 yoshga to‘lgunga qadar parvarish qilish uchun qoida tariqasida onaga, otaga, farzandlikka, vasiylikka olgan shaxslarga yoki boshqa qarindoshlarga tayinlash va to‘lashni tartibga soladi https://lex.uz/ru/docs/-804668 Mazkur nizomning 6- bandiga koʻra ishlovchi onalar (onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar) to‘liq bo‘lmagan ish vaqti rejimida yoki ish beruvchi bilan kelishib, uyda ishlayotgan vaqti uchun bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va ish haqini bir vaqtda olish huquqiga ega. Ma'lumot uchun mazkur Mazkur Nizom budjet tashkilotlarida ishlovchi onalarga tatbiq etilmaydi.

 

Hazorasp tuman adliya boʻlimi yuridik xizmat koʻrsatish markazi

Мавзуга оид