s
USD: Rub: Eur:
2023-09-21 931

Mashinada guruh bo‘lib harakat qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Qonunchilikka ko‘ra, motosikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

 ️ Agarda xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa:

BHMning 5 baravari (1 mln 650 ming so‘m) miqdorida jarima solishga;

transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oydan 1 yilgacha mahrum etishga sabab bo‘ladi.

Yangiariq tuman yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti                                       D.Axmedov

 

Мавзуга оид