s
Banklar tomonidan “yashil” iste'mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o'rnatish maqsadlari uchun ajratiladi. (https://lex.uz/docs/6623323)
BHMning 500 baravarigacha bo'lgan “yashil” iste'mol kreditlari bo'yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko'p bo'lmagan qismi uchun 3 yil kompensasiya beriladi.
Ya'ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 14 foiz, agar kredit foizi 19 foiz bo'lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.
Mazkur kompensasiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o'zlari yuboradi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi