s
USD: Rub: Eur:
2024-03-31 435

Ko'chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish tartibi

Xizmat: Ko'chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish

Xizmatdan foydalanuvchilar: Ko'chmas mulk egalari bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslar

Xizmatni ko'rsatish tartibi:

 Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o'zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro'yxatdan o'tadi hamda so'rovnoma to'ldiradi.

 Vakolatli organ (Kadastr agentligining tuman (shahar) filiallari) joylardagi o'lchovlarni amalga oshiradi.

 Ariza beruvchi tomonidan hisob-fakturada ko'rsatilgan to'lov amalga oshirilgach, kadastr pasporti shaklantiriladi.

Xizmatni ko'rsatish muddati

Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

  • ko'p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
  • yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha.

Xizmat narxlari bu yerda.

YIDXP orqali murojaat etilganda, to'lov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.

Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

 ko'chmas mulk obyekti bo'yicha birlamchi kadastr yig'majildi (pasporti) mavjud bo'lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o'zgarishlar (rekonstruksiya, qo'shimcha va aloxida qurilish) mavjud bo'lmaganda;

 ko'chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o'zgarganda;

 kadastr yig'majildi (pasporti) yo'qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Qog'oz shaklidagi kadastr pasporti Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

Huquqiy asos: Hukumat qarori (535-son, 02.09.2020-y.)

 

Xonqa tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

boshlig‘i A.Boltyaev

 

Мавзуга оид