s
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.09.2023-yildagi PQ-292-sonli qarorining 9-bandiga asosan (https://lex.uz/docs/6591947#6596384) kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilar taqiqlansin (bundan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish)da o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvlari mustasno):
- soliq to‘lovchining hududiga kirish;
- soliq to‘lovchining hududini va binolarini ko‘zdan kechirish;
- soliq to‘lovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
- soliq to‘lovchining hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.
Yangiariq tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i U.Navruzov