s
USD: Rub: Eur:
2023-11-02 171

DAVLAT ХIZMATLARINI JOYLARGA CHIQQAN HOLDA KOʻRSATISH TARTIBI BELGILANDI.

Vazirlar Mahkamasining 31.08.2023 yildagi 435-son qarori bilan Davlat хizmatlarini joylarga chiqqan holda koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga asosan, davlat хizmatlari Adliya vazirligining Aloqa markazi («Call-markaz») yoki uning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilish yoʻli bilan koʻrsatiladi.
«Call-markaz» orqali soʻrovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha qabul qilinadi. Shu bilan birga, rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida хizmatlar uchun ariza berilishi mumkin.
Davlat хizmatlarini koʻrsatish vaqti davlat хizmatlari markazlari (vakolatli organ)ning ish vaqti doirasida belgilanadi.


Urganch tumani adliya bo`limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuristkonsulti S.Berdikilichov

Мавзуга оид