s
USD: Rub: Eur:
2024-03-19 639

Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-iyuldan boshlab Kompaniya tomonidan qo'llab-quvvatlash choralari Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi asosida taqdim etiladi.

Eksportni qo'llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan taqdim etilayotgan subsidiya va preferensiyalar Tariflar va savdo bo'yicha bosh bitimga (GATT) hamda Subsidiyalar va kompensatsiya choralari to'g'risidagi bitimga (ASCM) muvofiqlashtiriladi.

Savdo-sanoat palatasi Eksportni rag'batlantirish agentligi huzuridagi To'qimachilik sohasini qo'llab-quvvatlash jamg'armasining boshqaruvini vaqtinchalik amalga oshiradi.

Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash loyiha ofislari tashkil etiladi.

Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид