s
USD: Rub: Eur:
2025-06-30 891

Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 170-moddasiga ko’ra, Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kundir. Agar oxirgi ish kuni dam olish kuniga yoxud ishlanmaydigan bayram kuniga yoki boshqa ishlanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni oxirgi ish kuni deb hisoblanadi.

Ish beruvchining buyrug‘ida mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari ushbu Kodeksning yoxud tegishli qonunning moddasiga (bandiga) havola qilingan holda ushbu Kodeks yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar moddalarining (bandlarining) ta’riflariga aniq muvofiq tarzda ko‘rsatilishi kerak.

Mehnat shartnomasi shartnomada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilinganda, ish beruvchining ushbu modda uchinchi qismining talablariga rioya etilgan holda chiqarilgan buyrug‘ida ushbu xodim bilan mehnat shartnomasi qaysi asosga muvofiq bekor qilingan bo‘lsa, mehnat shartnomasining ushbu asosni nazarda tutuvchi bandiga havola bo‘lishi kerak.

Mehnat shartnomasi xodim tomonidan mehnat majburiyatlari bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi munosabati bilan bekor qilinganda, ish beruvchining buyrug‘ida ichki mehnat tartib qoidalarining bandi, tashkilot rahbariga nisbatan mehnat shartnomasining bandi, o‘ziga nisbatan intizom to‘g‘risidagi ustavlar yoki nizomlarning amal qilishi tatbiq etiladigan xodimlarga nisbatan esa xodim bilan mehnat shartnomasi qaysi mehnat majburiyatlarining bir marta qo‘pol ravishda buzilishini sodir etganlik uchun bekor qilingan bo‘lsa, o‘sha qoidabuzarlikni nazarda tutuvchi intizom to‘g‘risidagi tegishli ustavning yoki nizomning moddasi (bandi) qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishi kerak.

Ish beruvchining mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 168-moddasi birinchi qismining 4-bandiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ida ishga qabul qilishning qanday qoidalari buzilganligi, nima uchun ularni bartaraf etib bo‘lmasligi va ular qaysi sababga ko‘ra mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga to‘sqinlik qilayotganligi ko‘rsatilishi kerak.

Ish beruvchining mehnat shartnomasini ushbu Kodeks 168-moddasi birinchi qismining 5-bandiga ko‘ra bekor qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ida qonunchilikda nazarda tutilgan qanday holatlarning yuzaga kelishi yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni davom ettirishga monelik qilayotganligi ko‘rsatilishi kerak.

 

 

 

Hazorasp tuman adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Мавзуга оид