s
USD: Rub: Eur:
2022-06-22 276

O‘zbekiston yosh bloggerlari iqlim o‘zgarishi masalalarini yoritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini qanday oshirdilar

 

 

Tushunishga oson tilda, sodda aytib berilgan, bejirimgina vizual vositalar, o'z nuqtai nazarini baham ko'rish mumkin bo'lgan joy - bu blog yuritish. Bugungi kunda bloggerlarning auditoriyaga ta'sirchanligi sharhlarga muhtoj emas. Blog yuritish har doim insonning shaxsiy tanlovi va shaxsiy mas'uliyatidir. O'z auditoriyasida fikr yetakchisi bo‘lib turgan Qarshi, Samarqand va Buxorodan kelgan 12 nafar blogerlar ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni, jumladan, iqlim o‘zgarishi muammosini professional yoritish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish istagida birlashdilar.

19-21 may kunlari Buxoroda “Ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni yoritishda nostandart yechimlar va vositalar” mavzusida bo‘lib o‘tgan trening davomida taniqli blogerlar va jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlarda dolzarb mavzularni yoritish, ilgari surish bo‘yicha o‘z mahoratlari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

BMTTD/FCDOning “Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligi bo‘yicha siyosiy harakatlar – II bosqich” loyihasi mutaxassislari iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar, oqibatlarini yumshatish imkonlarini va iqlim moslashuvi haqida gapirib berdilar. Ishtirokchilar, shuningdek, atrof-muhitga oid muammolarning kelib chiqishi, ildiz sabablari, ularni hal qilish uchun zarur bo'lgan harakatlar haqida ma'lumot oldilar. Resurslarni tejash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmasa, O‘zbekistonda issiq ob-havo (issiqlik to‘lqinlari) va iqlim qurg'oqchiligi oshish sharoitida suv resurslari taqchilligi kuchayishi, ichimlik suvi tanqisligi bilan bog‘liq  inson salomatligi uchun xavf ortib borishiga  duch kelishi mumkin.

 

«Bugun biz iqlim oʻzgarishi oqibatlarining guvohi boʻldik – Buxoro va Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida chang boʻroni bo'lib oʻtdi. Bu iqlim o'zgarishining oqibati bo'lib, qurg'oqchilik va boshqa xavfli gidrometeorologik hodisalar, jumladan, chang bo'ronlari, sel va toshqinlar sonining ko'payishiga olib keladi. Insonlar o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirishi, suv-energetika resurslariga yanada ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi uchun bloggerlar bu shubhasiz muhim mavzuni yoritishlari muhim», - deydi samarqandlik yosh blogger Shaxnoza Sultonova.

 

Buxoro viloyatidagi zavodlardan biriga ekskursiya davomida bloggerlar energiya tejovchi va qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalaridan qanday foydalanilayotgani bilan tanishish va ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. «Bu iqlimga, atrof-muhitga va barcha odamlarga mas'uliyatli munosabatda bo'lishning namunasidir. Zavodda tashqi yoritish uchun quyosh batareyalaridan foydalaniladi, oqova suvlarni tozalaydi va sug‘orishda foydalaniladi, bundan tashqari, zavodda sanoat changini tutib qoluvchi, atrof-muhitni ifloslantirishga yo'l qo'ymaydigan kuchli filtrlar o‘rnatilgan», – deydi Qarshi shahrida o‘tkazilgan trening ishtirokchisi Erika Chernyak.

 

Ishtirokchilar, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish boʻyicha kelishilgan, dalillarga asoslangan harakatlarni qoʻllab-quvvatlash va Markaziy Osiyodagi oʻzgarishlar muammosi haqida jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmatlari markazi (O‘zgidromet) bilan sheriklikda amalga oshirilayotgan va Buyuk Britaniya Tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot Vazirligi (FCDO) tomonidan moliyalashtirilayotgan BMTTDning “Markaziy Osiyoda iqlim xavfsizligi bo‘yicha siyosiy harakatlar – II bosqich” mintaqaviy loyihasi faoliyati bilan ham tanishdilar.

 

 

Мавзуга оид