s
USD: Rub: Eur:
2023-06-06 438

Xotin-qizlar huquqlari, ularga qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar.

So‘ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar huquqlarini har tomonlama kafolatlash va ularga ko‘plab sohalarda imtiyoz hamda kafolatlar berish shuningdek ularni jamiyatdagi ishtirokini ta’minlash bo‘yicha bir qator
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi
“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ–5020-son qaroriga asosan, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi sifatida qayta tashkil etilib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi ya’ni og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab berish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashish, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtirish, xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashishdir.

Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratilishi belgilangan (qarorda kreditlar ajratilishi tartibi belgilangan).

Shu bilan birga,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
13 oktyabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-4862-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma’qullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan o‘quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdori davlat tomonidan kompensatsiya qilinishi (qoplanishi) belgilandi.

 

Gurlan tuman adliya

bo‘limi boshlig‘i

N.Raximov

Мавзуга оид