s
USD: Rub: Eur:
2023-12-15 316

Tadbirkorlik subektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarning davlat reestridan ma'lumotlarni berish tartibi?

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.09.2022 yildagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi qaroriga asosan reestrda mavjud bo‘lgan axborot va hujjatlar ochiq bo‘lib, istalgan manfaatdor shaxs uchun erkin foydalanish imkoni mavjud, qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalanish cheklab qo‘yilgan ma’lumotlar bundan mustasno.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidan mustaqil ravishda oladi.

  Jismoniy shaxslar, davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlari yoxud boshqa tashkilotlarning yozma so‘rovnomasi bo‘yicha reestrdan elektron shakl bo‘yicha aniq yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborot ko‘chirmalar ko‘rinishida so‘ralgan hujjat, yuridik shaxslarning ro‘yxati yoki so‘ralayotgan axborot va (yoxud) hujjatlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda) taqdim etiladi.

Ma’lumotnoma davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va tashkilotlariga bepul, jismoniy shaxslar va boshqa tashkilotlarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdoridagi yig‘im evaziga beriladi.

Bunda  ma’lumotnomalar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan tegishli so‘rovnoma olingan paytdan boshlab bir ish kuni muddatda taqdim etiladi.

 

Maqola muallifi: Yangibozor tumani Adliya bo‘limi DXM bosh mutaxassisi A.Saliyev

 

Мавзуга оид