s
USD: Rub: Eur:
2021-09-03 612

"Mahallaboy" va "fuqarobay" shakldagi ishlar Urganch shahri misolida.

Urganch shahar Kengashi deputati Omonboy Qo'chqarov Yo'ldashevich hamda O'zbekiston Ekologik partiyasi Urganch shahar partiya tashkiloti kengashi ijroiya qo'mita raisi 20-son "Obi-hayot" mahallasida Nogironlar uyida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashishdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi muammolarni hal qilishda "mahallabay" va "fuqarobay" shaklda ishlarni yanada rivojlantirish.Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal etilishi uchun tizimli ravishda ishlarni yo'lga qo'yish.

Uchrashuv O'zbekiston Mustaqilligining 30 yilligi arafasida tashkil qilinib,nogironlar uyida istiqomat qiluvchi kam ta'minlangan va boquvchisini yo'qotgan 13 nafar fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari deputatimiz tomonidan bayram tuhfasi sifatida topshirildi.

Deputat Omonboy Qo'chqarov va Urganch shahar 20-son "Obi-hayot" mahalla fuqarolar yig'ini raisi Zaripov Alisher Rustamovich mahalladagi amalga oshirilishi kerak bo'lgan muhim ishlar yuzasidan fikr almashishdi.

O'zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyat partiya tashkiloti matbuot xizmati

Мавзуга оид