s
USD: Rub: Eur:
2024-12-27 156

O‘RINDOSH ISHLOVCHIGA USTAMA TO‘LANADIMI?

O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida NIZOMning 12-bandiga asosan  Tuman koeffisiyentlari va ish haqiga ustamalar belgilangan tumanlarda o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga mehnatga haq to‘lash koeffisiyentlar va ustamalar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.

Nizomning 15-bandiga asosan Agar jamoaviy shartnomada yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda qabul qilingan boshqa mahalliy hujjatda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, mukofot, qo‘shimcha haq, ustama, rag‘batlantirish to‘lovlari shakli va tizimi tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ya’ni bu holatda tuman koifisentlari har qanday holatda to‘lanadi qo‘shimcha ustamalar jamoat shartnomasida, boshqa lokal xujjatlarda to‘lanmasligi belgilanmagan bo‘lsa to‘lanadi

 

Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Qo’ziboyev

Мавзуга оид