s
USD: Rub: Eur:
2024-09-27 819

Oilasida nogiron aʼzolari bo‘lgan shaxslar auktsion orqali yer uchastkasi sotib olishda ularga qancha miqdorgacha bir martalik yordam puli berilishligini bilasizmi?

Hukumatning 23.03.2023 yil kungi 122-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, yer uchastkasini auktsion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, BHMning 100 baravarigacha miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

Bunda imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga to‘gʼri kelishi kerak:

  • oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi;
  • yer uchastkasi oxirgi 3 oy ichida auktsion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston hududida bo‘lishi;
  • nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Аyollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan bo‘lishi lozim.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид