s
BMTTD jurnalistlar va blogerlar tanloviga yakun yasadi
Toshkent, 2022 yil, 11 noyabr - O‘zbekiston jurnalistlari va blogerlari o‘rtasida «Energiya samarador uylar va gender tamoyillari - barqaror rivojlanish garovi» mavzusidagi engyaxshi media materiallar tanlovining g‘oliblari aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, BirlashganMillatlar Tashkilotig O Taraqqiyot dasturi va Global ekologikfond (GEF)ning «O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloquy-joy qurilishi rivojlanishiga ko‘maklashish» qo‘shmaloyihasi doirasida va O‘zbekiston Jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi ko‘magida tashkil etilgan tanlovga 70 dan ortiq jurnalistik ishi taqdim etildi.
Tanlovning maqsadi - aholi e'tiborini turar-joy sektoridaenergiya samaradorligini oshirish dolzarbligiga qaratish va o'zuylarida va hamjamiyat miqyosida energiya iste'moli va energiya tejashni boshqarishda ayollarning rolini oshirish, shuningdek, medialarni atrof-muhitni asrash, energiyaresurslaridan samarali foydalanish va qayta tiklanadiganmanbalardan foydalanishni kengaytirishga qiziqishinikengaytirishdan iborat.
G'oliblarni taqdirlash marosimida BMT Taraqqiyotdasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili o‘rinbosari DoinaMunteanu energiya samarador uy-joylar qurishningafzalliklari haqida jamoatchilikni xabardor qilish, uylardahamda hamjamiyat pog'onasida energiyani iste'mol qilishdashuningdek, energiyani tejashda ayollar rolini oshirishdajurnalistlarning alohida o‘rni borligini ta’kidladi: «Ushbumuhim vazifa faqat jurnalist va blogerlar ishtirokida samaralihal etiladi. Aholining xabardorligini oshirishga medialarningjalb etilishi energetika sohasining energiya samaradorliginioshirish va respublika energiya balansida qayta tiklanuvchienergiya manbalari ulushini oshirish bo‘yicha samaraliislohotlarning muhim omili hisoblanadi».
«Eng yaxshi jurnalistik material» nominatsiyasida Namanganlik Rayhon Muhammadaliyeva g‘olib deb topildi. Ikkinchi o'rin sovrindori deb Navoilik Dilfuza Gulyamovae’lon qilindi. Uchinchi oʻrin Qoraqalpog’istonlik Zoya Yerekeevaga topshirildi. «Bloglar va ijtimoiy tarmoqlardae’lon qilingan eng yaxshi material» nominatsiyasida toshkentlik Avazxon Xaydarov va Sarvar Kurbanovlar g'olibbo'ldilar.
Tanlov oldidan qo’shma loyiha O‘zbekistonning beshtamintaqasida treninglar tashkillashtir, ularda jurnalistlar vablogerlar energiya samaradorligi va energiyadan oqilonafoydalanuvchi jamiyat qurish mavzusini yoritish bo‘yichabilim va ko‘nikmalarini oshirdi va press turlar o’tkazildi
«Energetika resurslaridan oqilona foydalanishda va energiyatejashda yuqori amaliy ahamiyatga ega bo'lgan ayollarningroli va hissasi yetarlicha baholanmaganligicha qolmoqda. Mening reportajim stereotiplardan voz kechib , elektrta’minoti tizimida ishlaydigan elektrchi ayolgabag‘ishlangan», — deydi tanlov g‘olibi Rayhon Muhamadaliyeva.
«Bolalarga energiya resurslari va qayta tiklanadiganenergiya manbalaridan oqilona foydalanish asoslarinio‘rgatish masalasiga e’tibor qaratish muhim, chunki bu uzoqistiqbolda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga hissaqo‘shadi», – deydi bloggerlar o'rtasidagi tanlov g‘olibi Avazxon Haydarov.
BMTTD/GEF va O‘zbekiston Respublikasi Qurilishvazirligining “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylari qurilishini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi oltiyildan buyon amalga oshirilmoqda. Loyihaning asosiymaqsadi O‘zbekiston qishloq aholisini arzon va ekologik tozauylar bilan ta’minlashdan iborat. Loyihaning muhim yutug‘i 24 turdagi energiya tejamkor uy-joylar loyihalari ishlabchiqilishi bo‘ldi. Bu esa respublika bo‘ylab energiya tejamkorva kam uglerodli uy-joylarning ommaviy qurilishiga turtkiberdi. Bundan tashqari, loyiha doirasida 1358 ta energiyatejamkor va kam uglerodli xonadonlar qurish uchunmoliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Aloqa uchun: Bekzat Anarbekov, Tel.: +998 90 131 59 24