s
USD: Rub: Eur:
2024-09-28 323

Firibgarlik uchun qanday jazo belgilangan?

Firibgarlik – bu o‘zganing mulkini yoki mulkga bo‘lgan huquqini aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritishdir.

Firibgarlik uchun qonunchilikda jinoiy javobgarlik belgilangan.

Jinoyat kodeksiga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs:

BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (17 mln so‘mdan 34 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hazorasp tuman adliya bo‘lim yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид