s
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish sohasida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmoniga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish va nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilishi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
27-oktabrdagi 623-son “fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tug‘ilish va o‘lim holatini kompleks davlat xizmati sifatida ko‘rsatish tartibi joriy etildi va statistika organlariga qog‘oz shaklidagi dalolatnoma yozuvlari haqidagi hisobotlarni topshirish amaliyoti bekor qilindi.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan qariyb 60 mln fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari raqamlashtirildi.
Ayni vaqtda, respublikada faoliyat yuritayotgan 8 ta nikoh uylarida esa jami 20 ta shtat birligi mavjud bo‘lgan holda, ular tomonidan faqat nikohni qayd qilish bilan bog‘liq harakatlar amalga oshirilmoqda. FHDY bo‘limlarida esa nikohni qayd etish bilan birga, tug‘ilish, nikohdan ajratish va o‘limni qayd etish bo‘yicha ham davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
Respublikadagi mavjud Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qarshi va Guliston shaharlaridagi mavjud nikoh uylari faoliyati tugatilib, ushbu nikoh uylari FHDY bo‘limlari etib qayta nomlandi. Shuningdek ushbu qarorda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlarining arxiv ma’lumotlarini raqamlashtirish natijasida turli yillar davomida bir xil seriya va raqamli tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu guvohnomalarni qayta rasmiylashtirganlik uchun gerb yig‘imi undirilmasligi belgilab qo`yildi.
Yangibozor tuman FHDY bo`limi mudirasi: Xolida Madaminova