s
Yangilangan Konstitutsiya - mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g’oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo’lidagi ulkan qadam bo’ldi.
O’zbekiston – suveren, demokratik, huquqiy va ijtimoiy davlat ekani qat’iy belgindi.
Inson huquq va erkinliklari qonunlarimizning, har bir vazirlik va idora faoliyatining mazmuniga aylanishi qat’iy talab sifatida belgilanyaptiki, bu hol davlat organlari hamda mansabdor shaxslarning faqat va faqat fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab faoliyat ko’rsatishiga asos bo’ladi.
Аyni shu borada, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xiva tumanining “Istiqlol” mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirildi.
Loyihada jami 635ta xonadonlar qamrab olinib, birinchi bosqichda muammolar o’rganilgan bo’lsa, keyingi jarayonlarda ularni hal etish, birlamchi bepul huquqiy ko’mak ko’rsatish, metodik yordam berish, manzilli va predmetli targ’ibot tadbirlarini o’tkazish borasida amaliy ishlar olib borildi.
Tadbirlar davomida Mahallada tashkil etilgan ishchi guruh hamda “Mahalla ettiligi” ko’magida ushbu huquqiy muammolar o’rganildi hamda jami 540 ta huquqiy muammolar aniqlanib, shundan qariyb 60 % ijobiy hal etildi.
Ya’ni 79 ta sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlar ko’rsatildi, 198 nafar shaxs o’zini-o’zi band qilishga ko’maklashildi, 146 ta dehqon xo’jaligi davlat ro’yxatidan o’tkazildi, 22 ta uy-joyning raqamlari to’g’irlandi, mahallaga joylashtirilgan infokiosklar orqali 64 ta davlat xizmatlari ko’rsatildi, 74 nafar fuqaroga Mobil-IDdan ro’yxatdan o’tkazildi, 12 ta uy-joy hujjati rasmiylashtirib berildi, 16 nafar fuqaroga birlamchi bepul yordam ko’rsatildi, 6 nafar fuqaro pensiyaga chiqarishda hamda 5 nafar fuqaroga ijtimoiy nafaqa tayinlanishida amaliy yordam ko’rsatildi, 2 ta tadbirkorning faoliyati qonuniylashtirildi, 1 tadan meros ishi ochildi, soliq va boshqa imtiyozlar qo’llanildi.
Mahalla ettiligi xodimlari faoliyatini metodik ta’minlashga qaratilgan 57 ta qo’llanma, lavozim yo’riqnomalari, ish yuritish hujjat na’munalari hamda yig’ma jild nomenklaturasi namunalari tayyorlandi, mahalla binosida mahalla kutubxonasi tashkil etilib, huquqiy adabiyotlar joylandi, “Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlar ko’rtildi.
Аholini eng quvontirgan narsa “Mobil poliklinika” tomonidan tor tibbiyot mutaxassislari tomonidan bepul tibbiy ko’rikning tashkil etilgani bo’ldi.
Mahalla yoshlari o’rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ularning qonunchilikda yoshlar uchun belgilangan ta’lim olish, xorijiy tillarni o’rganish borasidagi huquqlari va imtiyozlari, xususan, “Ibrat akademiyasi”, “Bir million dasturchi” loyihasi, yuzasidan tushuntirishlar berildi, huquqiy viktorina va Kruz savol-javoblar o’tkazildi.
Yana bir asosiy tadbir “Huquqiy targ’ibot kuni” va “Аdliya kuni” tadbirlarini tashkil etilib, mahalla ahlini bir joyga jamlangani bo’ldi.
Bo’lib o’tgan tadirlarda “Аdliya burchagi” va “Konstitutsiya burchaklari” orqali keng aholiga qonunchilikdagi yangiliklar va TOP-10 ta huquqiy muammolar yuzasidan tayyorlangan buklet va flaerlar tarqatildi.
hamda “Эnergetika xavfsizligi oyligi” doirasida elektr-tejamkor vositalar, quyosh panellari, ulardan foydalanish va afzalliklari yuzasidan tushuntirish berishga qaratilgan ko’rgazmalar tashkil etildi.
Аmalga oshirilgan ishlar natijasida “Huquqiy mahalla”ni tashkil etilishi orqali davlatimizni chinakam Huquqiy davlat bo’lishiga erishamiz.
Rasulbek Ibragimov
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi
Sho`ba boshlig`i