s
USD: Rub: Eur:
2023-12-11 224

Imtiyozli pensiyalar tayinlanishi tartibi

Quyidagi asoslarda imtiyozli pensiyalar tayinlanishi mumkin

  • yoshidan qat’i nazar pensiya olish huquqini beradigan 1-sonli ro‘yxat asosida;
  • yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan 2-sonli ro‘yxat asosida;
  • yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan 3-sonli ro‘yxat asosida;
  • urush nogironlari, bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar;
  • ayollarga 54 yoshga to‘lib, 20 yillik ish stajiga ega bo‘lganida.

Ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan ishdan ozod etilgan erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lganda, ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda muddatidan oldin pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

 

Qo`shko`pir tumani adliya bo`limi

Yuridik xizmat ko`rsatish markazi

Boshlig`i B.Yusupov

 

Мавзуга оид