s
Agar ish vaqtini uchdan bir qismi yuk ko‘tarish va tashish bilan bog‘liq ishlar bo‘lsa, 16 yoshdan 18 yoshgacha xodimlarning yuk ko‘tarish va tashish chegarasi quyidagicha:
➖Yukni qo‘lda ko‘tarish va tashish ishlarida: o‘g‘il bolalar 13 kg gacha, qizlar 7 kg gacha;
➖Yukni bir g‘ildirakli aravachada tashish ishlarida: o‘g‘il bolalar 39 kg gacha, qizlarga ruhsat etilmaydi;
➖Yukni ikki g‘ildirakli aravachada tashish ishlarida: o‘g‘il bolalar 47 kg gacha, qizlarga ruhsat etilmaydi;
➖Yukni uch va to‘rt g‘ildirakli aravachada tashish ishlarida: o‘g‘il bolalar 67 kg gacha, qizlarga 52 kg gacha.
Yuqoridagi talablar 1954-sonli nizomda ko‘rsatib o‘tilgan. Bu talablarni buzgan ish beruvchilar qonunchilikda belgilangan qat’iy jazoga tortilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi MKning 118-moddasiga asosan ishga qabul qilishga umumiy –16 yoshdan yo‘l qo‘yiladi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti Muhiddin Qo’zibayev.