s
USD: Rub: Eur:
2024-03-31 527

Bilasizmi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (О‘RQ-914-son, 27.02.2024 y.) ayrim qonun hujjatlarga о‘zgartirishlar va qо‘shimcha kiritildi

 

Fuqarolik kodeksiga kiritilgan о‘zgartirishga kо‘ra:

 

 Agar amalga oshirilgan tо‘lov summasi qarz oluvchi jismoniy shaxsga yoki qarz oluvchi tadbirkorga ajratilgan mikroqarz yoki kredit bо‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bо‘lmasa, qarz oluvchining qarzi quyidagi navbatda qoplanadi:

asosiy qarz bо‘yicha muddati о‘tgan qarzdorlik va muddati о‘tgan foiz tо‘lovlari mutanosib ravishda;

joriy davr uchun hisoblangan foizlar va joriy davr uchun asosiy qarz bо‘yicha qarzdorlik;

neustoyka (jarima, penya);

kreditorning qarzdorlikni uzish bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa xarajatlari.

Shuningdek, kredit bо‘yicha qarzdorlikni undirish tо‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarilganda sud qarorida kо‘rsatilgan, kredit bо‘yicha undiriladigan summaga nisbatan belgilangan tartibda foizlar, shuningdek neustoyka hisoblanishi tо‘xtatiladi.

 Bundan tashqari, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati tо‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan о‘zgartirishga kо‘ra, mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million sо‘mdan 100 million sо‘mgacha oshirildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

 

Xonqa tumani adliya bо‘limi yuridik

xizmat kursatish markazi bosh yuriskonsulti                          D.Raximov.

 

 

 

 

 

Мавзуга оид