s
USD: Rub: Eur:
2023-06-09 851

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanish soddalashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2023 yildagi PF-76-son Farmoni, Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida

  Aholi, tadbirkorlik subyektlari hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasidagi munosabatlarni raqamlashtirish, shuningdek, raqamli xizmatlar va servislardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida

  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) raqamli xizmatlar va servislar ko‘rsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi hisoblanadi

 Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish bosqichlari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi

  2023-yil 1-dekabrga qadar fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil ravishda foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish maqsadida davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi

  2024-yil 1-yanvarga qadar raqamli xizmat va servislar, elektron to‘lovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy ta’minot shakli joriy etiladi

 

Hazorasp tuman Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi

bosh mutaxassisi:Navruzev Elyor Parxadovich

Мавзуга оид