s
Qarorga ko‘ra, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarning ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlash hamda ularni yetishtiruvchi pitomnik va plantatsiyalarni davlat hisobiga olish YAIDXP va Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi belgilandi.
Qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha pitomnik va plantatsiyalar o‘simliklarni yetishtiruvchilarning yer uchastkalarida tashkil etiladi.
O‘simlik yetishtiruvchi ekish materiallari haqiqatda ekilganligini tasdiqlashni so‘rab, Davlat xizmatlari markazi yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi. So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- O‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma;
- Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma;
- pitomnik yoki plantatsiyaning Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha pitomnik va plantatsiyalar reyestrida davlat hisobiga olinganligi to‘g‘risida xabarnoma hamda ekish materialini yetkazib berish haqida shartnoma. Vakolatli organ so‘rovnomani 5 ish kunida ko‘rib chiqib, pitomnik va plantatsiyalarni Yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha pitomnik va plantatsiyalar reyestrida davlat hisobiga oladi.
Gurlan tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti Sadullayev Kamolbek