s
Qarorga muvofiq, 2023 yil 1 iyuldan davlat organlarining AKT sohasiga ma’sul xodimlari 3 yilda bir marta malakasini oshiradi.
Mazkur xodimlarning malakasini oshirishga Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul hisoblanadi.
Malaka oshirish kursi 24 soatdan kam bo‘lmasligi lozim, kursni ta’momlagan xodimlar ikki oyda reyting baholashdan o‘tkaziladi.
Malaka oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ularni yuborgan davlat organlarining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
2023 yil 1 avgustdan davlat organlarining birinchi rahbarlari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.
Hazorasp tuman adliya bo‘limi boshlig‘i.
Baltaev Yashinbek Kamilovich