s
“Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xoʼjaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining oʼlchamini oshirishga qaratilgan oʼzgartirishlar va qoʼshimcha kiritish toʼgʼrisida”gi Qonun (OʼRQ–876-son, 09.11.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi
Yer kodeksi hamda “Dehqon xoʼjaligi toʼgʼrisida”gi Qonunga kiritilgan oʼzgartirish va koʼshimchaga koʼra, dehqon xoʼjaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha boʼlgan oʼlchamda yer uchastkalari beriladi.
Yangiariq tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti X.Matkarimov