s
USD: Rub: Eur:
2024-05-20 836

Биласизми

Ajrim vaqtida ona (ota) o‘z farzandlarini ota(ona) siga ko‘rsatmaslik huquqi mavjudmi?

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 76-moddasiga asosan: Bola bilan birga yashovchi ona (ota) bolaning ota (ona)si bilan ko‘rishishiga, agar bunday ko‘rishish bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazmasa, qarshilik qilmasligi zarur.

 Ona(ota) boladan alohida yashovchi otasi (ona) bilan o‘zaro kelisha olishmagan taqdirda ota-onaning birini yoki ikkalasining murojaatlariga ko‘ra sud tomonidan vasiylik va homiylik organlari ishtirokida hal qilinadi.

 Sud ota-onani bolasining tarbiyasida ishtirok etish tartibini belgilaydi. Bola bilan yashovchi ona (ota), bola bilan ko‘rishmoqchi bo‘lgan ota (ona) ga  qarshilik ko‘rsatmaslik majburiyatini yuklaydi.

Bolasidan alohida yashayotgan ota yoki onaning huquq va manfaatlaridan kelib chiqib, sud hal qiluv qarorining xulosa qismida ko‘rishish tartibini (vaqti, joyi, ko‘rishish davomiyligi va h.k) bayon etishi lozim.

Xiva tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti D. Masharipov

Мавзуга оид