s
USD: Rub: Eur:
2023-09-29 437

Ayrim tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

 

Hukumatning 19.04.2023 yil kungi 161-son “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan

Qarorga ko‘ra, oilaviy dasturlar bo‘yicha kreditlar foizi yillik 14 foizdan oshmaydi.

Dasturlar doirasida 50 mln so‘mgacha garovsiz kreditlar:

Prezident qaroriga  asosan zargarlik ishi yo‘nalishi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan shaxslarga zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan jihozlar va asbob-uskunalar sotib olish uchun;

 agrar tarmoqda o‘z biznesini tashkil etishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish maqsadida uzoq muddatga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga olgan dehqon xo‘jaliklari va kichik tadbirkorlarga ajratiladi.

 

Yangiariq tumani Adliya bo’limi

 Yuridik xizmat ko’rsatish bo’limi

 bosh yuriskonsulti R.Egamberdiyev

Мавзуга оид