s
USD: Rub: Eur:
2024-01-09 325

2024-YIL 1-YANVARDAN NIMALAR O`ZGARDI

1-YANVARDAN NIMALAR O'ZGARDI?

Pensionerga hisoblangan ammo o'z vaqtidan olinmagan pensiyani to'lash muddati uzaytirildi

fuqarolarning pensiya ta'minotini yaxshilash va pensionerlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida, pensionerga hisoblangan, lekin o'z vaqtida olinmagan pensiyani to'lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi.

 

Ma'muriy sudlarda davlat boji ishni ko'rib chiqish natijasiga ko'ra aybdor tarafdan undiriladi

ma'muriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlardan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko'rib chiqish natijasi bo'yicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi.

 

 Bir necha shaharlarda yo'lovchilarni tashish brutto-shartnoma asosida tashkil etiladi

Andijon, Samarqand, Namangan, Qarshi va Urganch shaharlarida yo'lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimi ishga tushiriladi.

 

Garov bilan ta'minlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi

 

Pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinganlar kasbiy sertifikatlanadi

2023/2024 o'quv yilidan pedagogik kasblarga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma'lumotli talabgorlar stajyor-o'qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo'lishi talab etiladi;

stajyor-o'qituvchilarga ular kasbiy sertifikat olguniga qadar oliy ma'lumotli (toifasiz) o'qituvchining bazaviy tarif stavkasi qo'llaniladi.

 

 

 Ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi

malaka toifasini olish bo'yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o'tkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo'yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda –– pedagogik mahorati baholanadi.

 

Maktab direktorlari har 5 yilda kasbiy sertifikasiyalanadi

Bunda, sertifikasiyadan o'ta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

 

Ichimlik suvidan foydalanish bo'yicha “Tejamkor uy” reyting tizimi ishga tushiriladi

yil yakuniga ko'ra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortig'i belgilangan me'yorlardan kam suv ishlatgan 20 ta ko'p qavatli uylar rag'batlantiriladi;

g'olib xonadon va uylarga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul o'rnatib beriladi. 

Shuningdek, mazkur tajriba 2025 yildan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ham joriy qilinadi.

 

Yangi obyektlarni loyihalashtirishda chang-gaz tozalash uskunalari o'rnatilishi ko'zda tutilmagan loyihalar ekologik ekspertizadan o'tkazilmaydi

 

Uy sharoitida daraxt ko'chatlarini yetishtirish o'zini o'zi band qilish hisoblanadi

 

Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so'mgacha oshiriladi

 

 Ayrim poezdlarda yo'lovchilarni tashish xizmati tariflari davlat tomonidan tartibga solinmaydi

 

 

 Professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchilarga imtiyozli kredit ajratiladi

professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchi va mutaxassislarga O'zbekiston futbol assosiasiyasining ijobiy xulosasi asosida ularning xususiy sektorda amalga oshiradigan futbolni rivojlantirish loyihalari uchun milliy valyutada 1,5 milliard so'mgacha 5 yildan kam bo'lmagan muddatga imtiyozli kredit ajratiladi.

 

 Maktablarning qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi

bola tug'ilganidan so'ng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo'yiladi;

maktablarning har o'quv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.

 

 Kichik tadbirkorlarga o'zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga to'g'ridan-to'g'ri sotishga ruxsat beriladi

 

Ayrim tibbiy xizmatlar Davlat byudjeti hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko'rsatilishiga ruxsat beriladi

otorinolaringologiya va yuz-jag' jarrohligi yo'nalishlaridagi tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan ko'rsatilishiga ruxsat beriladi.

 

BALIQCHILIK LOYIHALARI UCHUN GAROVSIZ KREDIT AJRATILADI

 

“JARIMA MAYDONCHASI” AXBOROT TIZIMI ISHLAB CHIQILADI

qonun hujjatlari buzilganligi uchun vakolatli davlat organlari tomonidan ushlangan transport vositalarini saqlash xizmatlarini ko'rsatuvchi yuridik shaxslar Jamoat xavfsizligi departamenti Yo'l harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ochiq tanlov asosida tanlab olinadi;

ushlangan transportlarni to'xtash joylariga olib kelish, joylashtirish, saqlash, hisobini yuritish va olib chiqib ketishga ruxsat berish “Jarima maydonchasi” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;

transportlarni to'xtash joylariga olib kelish (tashish) hamda saqlash bo'yicha ko'rsatiladigan xizmatlar uchun to'lovlarning cheklangan miqdorlari joylardagi hokimliklar tomonidan belgilanadi.

 

KREDIT QARZDORLIGINI UNDIRISH BO'YICHA SUDNING HAL QILUV QARORI CHIQARILGANDA FOIZLAR VA NEUSTOYKA HISOBLANISHI TO'XTATILADI

iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko'rilayotgan ishlar ma'muriy sudlar yurisdiksiyasiga o'tkaziladi;

  •  soliq majburiyati bo'yicha da'vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga tushiriladi.
  • aholi va tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar bo'yicha qarzdorlikni undirish bo'yicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar bo'yicha foizlar va neustoyka hisoblanishi to'xtatiladi;
  • to'lov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli bo'lmaganda, mablag'larni birinchi navbatda mutanosib ravishda muddati o'tgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy to'lov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qo'llashga yo'naltirish tartibi o'rnatiladi.

 

 

RASULBEK IBRAGIMOV

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi

 

Мавзуга оид