s
USD: Rub: Eur:
2023-12-11 768

BUGUNGI KUNDAGI MUHIM RAQAMLAR BILAN TANISHING

Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

  • mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so'm;
  • bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so'm;
  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so'm;
  • yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so'm;
  • nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so'm;
  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so'm;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so'mdan) 800 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so'm;
  • zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 608 000 so'm;
  • ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 608 000 so'm.
  •  

RASULBEK IBRAGIMOV

Xorazm viloyat adliya boshqarmasi

Bosh maslahatchisi

Мавзуга оид