s
USD: Rub: Eur:
2023-11-16 341

Davlat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarda shaxs huquq va erkinliklarining muhofaza etilishining konstitutsiyaviy kafolatlari

 Davlat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarda shaxs huquq va erkinliklarining muhofaza etilishi huquqiy davlatning muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda Konstitutsiyamizning 55-moddasida “Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega” ekanligiga oid adolatli norma mustahkamlangan.

Konstitutsiyamizga kiritilgan ushbu norma ahamiyatini quyidagicha izohlash mumkin:

Birinchidan, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari tufayli shaxslarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazilishi holatlari uchrab turadi. Masalan, davlat organlarining noqonuniy qarorlari sababli fuqarolarning uy-joylari va boshqa mulklarini asossiz buzilishi ularning haqli eʼtiroziga sabab bo‘ladi. Bunday sharoitda, fuqaro yetkazilgan zararning o‘rnini davlat tomonidan to‘liq qoplanishini talab qilish huquqiga ega. Shu bois, amaliyotda sudlar tomonidan fuqarolarning foydasiga davlat organlarining qonunga zid bo‘lgan ko‘plab qarorlari bekor qilinib, yetkazilgan zarar qoplanmoqda. Birgina, 2022-yilda 4645 ta davlat organlari qarorlari sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilgan va yetkazilgan zarar undirilgan.

Ikkinchidan, davlat organlari yoki ularni mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari yoki harakatsizligi tufayli fuqaroga yetkazilgan zararning o‘rni davlat tomonidan qoplanishi taʼminlanadi. Masalan, amaliyotda surishtiruv yoki tergov jarayonida mansabdor shaxslar tomonidan fuqaroga nisbatan qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala natijasida uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar ham davlat tomonidan qoplab beriladi. Shu bilan birga, davlat fuqaroga to‘lab berilgan mablag‘ni zarar yetkazgan mansabdor shaxsdan undirish choralarini ko‘radi.

Shu kabi normalar Fransiya, Bolgariya, Vengriya kabi davlatlari konstitutsiyalarida o‘rin olgan.

 

Tuproqqal’a tuman adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig‘i Iskandarov Xusin

 

Мавзуга оид