s
“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaning (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667 https://lex.uz/docs/-2625878) 22-bandiga ko‘ra:
Quyidagi hollarda bemor tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuboriladi:
aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz 4️ oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tanaffus bilan o‘n ikki oy mobaynida jami 6️ oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida 1️0️ oyni tashkil qilsa;
silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchaygan — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangandan keyin mehnatga layoqatsizlik davri kamida 6️ oyni tashkil qilsa.
Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar o‘tmasdan turib ham tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror TIEK raisi tomonidan qabul qilinadi.
Gurlan tuman yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i E.Raxmatillayev