s
USD: Rub: Eur:
2024-06-25 923

Jinoyatda ishtirokchilik nima va uning turlari haqida bilasizmi

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28-moddasiga ko’ra jinoyatda ishtirok etuvchi shaxslarning jinoyat sodir etishdagi o'rni va vazifasiga ko'ra quyidagi turlarga bo'ladi. Ular:

bajaruvchi;

- tashkilotchi;

- dalolatchi;

- yordamchi.

Jinoyatni bajaruvchi bilan bir qatorda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilar ham jinoyat ishtirokchilari deb topiladi.

Jinoyatni bevosita to‘la yoki qisman sodir etgan yoxud ushbu Kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lmagan shaxslardan yoki boshqa vositalardan foydalanib, jinoyat sodir etgan shaxs bajaruvchi deb topiladi.

Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rilishiga yoki jinoyat sodir etilishiga rahbarlik qilgan shaxs tashkilotchi deb topiladi.

Jinoyat sodir etilishiga qiziqtiruvchi shaxs dalolatchi deb topiladi.

Jinoyat sodir etilishiga o‘z maslahatlari, ko‘rsatmalari bilan, vositalar berish yoki to‘siqlarni yo‘qotish bilan ko‘maklashgan, shuningdek jinoyatchini, jinoyat sodir etish quroli, izlari va vositalarini yoxud jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan narsalarni yashirishga, shuningdek bunday narsalarni olish va o‘tkazish to‘g‘risida oldindan va’da bergan shaxs yordamchi deb topiladi.

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид