s
Mamlakatimizda raqamlashtirish sohasidagi xizmatlar eksportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-87-son, 26.02.2024 y.) qabul qilindi
Qarorga ko'ra, quyidagilar amalga oshiriladi:
Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda IT-sanoatni rivojlantirish, aholini yuqori daromadli ish o'rinlari va zamonaviy kasblar bilan ta'minlash, shuningdek, hududlarga IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur (Zero Risk);
➖mahalliy bozor uchun IT-xizmatlar ko'rsatish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarni xalqaro IT-bozorga olib chiqish, ularning eksport faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha loyiha (Local to Global).
2024-yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida asosiy faoliyati mahalliy korxonalar uchun IT-xizmatlar bo'yicha buyurtmalarni jalb qilishga qaratilgan IT-park vakolatxonasi (filiali) faoliyati yo'lga qo'yiladi.
Bunda, IT-park direksiyasiga mazkur xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar (filiallar) faoliyatini yo'lga qo'yish uchun 2027-yil 1-yanvargacha har bir vakolatxona (filial)ga yiliga 200 ming AQSH dollari ekvivalentigacha moliyalashtirish uchun mablag' yo'naltirishga ruxsat beriladi.
Xorijiy mamlakatlarda muntazam ravishda, shu jumladan 2024-yilda AQSH va Germaniyada “O'zbekiston IT-kunlari” xalqaro tadbirlari o'tkaziladi.
Xiva shahar yuridik xizmat ko’rsatish markazi